Bo‘stonliqda Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va “Pokatushki Club Uzbekistan” hamkorligida joriy yilning 11-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan XV “Off Road” festivali boshlandi.
Unda mamlakatimiz sportchilari bilan birga Rossiya, Belarus, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 10 dan ortiq davlatdan tajribali sportchilar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, festival doirasida ishtirokchilar arqon tortish, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, badminton, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha bellashadi.