Huquqiy himoya va imtiyozlar



Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-son qaroriga muvofiq, Direktsiya ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

Soliq imtiyozlari

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda alohida soliqlar, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga belgilangan, shu jumladan:
Mulk solig'I - 3 yil 300 ming AQSH dollaridan -3 million AQSH dollarigacha
Yer solig'I – 5 yil 3-5 million AQSH dollari
Suv solig'I – 10 yil 10 million AQSH dollari va undan yuqori
"Chorvoq" turistik rekreatsion zonasi ishtirokchilari quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi :
- Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno);
- tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).
"Chorvoq" turistik rekreatsion zonasi ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to‘lashi mumkin.
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining o‘rni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga yetti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi
To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Davlat subsidiyasi yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini 2023 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirish va uzunligi bir tomonga 500 metrdan kam bo‘lmaslik sharti bilan yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash bo‘yicha dastlabki 50 ta loyihaga ajratiladi.

Yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratib beriladi:

Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo‘lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2023 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi;

- 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 mln so‘m;

- 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 mln so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing to‘g‘risidagi

shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:

  • dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
  • dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona — har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.

Bundan tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi ko‘pi bilan 10 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi hududiga 2024 yil 1 yanvarga qadar olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlari belgilangan.
Dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash obyektlar
“banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar
gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar
mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, «buggy car», faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan “fudtrak” yer usti transport vositalari, motorli qayiq va kvadrotsikllar
Hurmatli tadbirkorlar marhamat Bo‘stonliq tumanida o‘zingizning turizm yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatingizni boshlang Prezintatisiyani yuklab olish