O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5273-son Farmoniga muvofiq, Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizm uchun sharoitlarini yaxshilash, turizm xizmatlari soxasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 mayda “Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, hududi 94 805 gektardan iborat “Chorvoq” erkin turistik zona chegaralari, vazifalari, “Chorvoq” ETZ Direksiyasi DUK ustavi va vazifalari belgilangan. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 yanvardagi 29-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-604-son Qonuni talablari asosida Direksiyaning faoliyati belgilab berildi.
“Chorvoq” erkin turistik zona hududida 100 dan ortiq turli turistik yo‘nalishlarda loyihalarini bo‘sh yer maydonlari hamda bo‘sh binolarda amalga oshirish uchun takliflar bildirgan.
Shundan, “Chorvoq” ETZ hududida xorijiy va mahalliy tadbirkorlar tomonidan 207 mln. AQSh dollari miqdordagi, shundan chet el investisiyalari 138 mln. AQSh dollari, o‘z mablag‘lari 54 mln. AQSh dollari, bank krediti 14 mln. AQSh dollarini tashkil qiladigan jami 24 ta investision loyihalar Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma'muriy kengashi tomonidan ma'qullandi hamda umumiy 1000 gektardan iborat bo‘lgan yer maydonlari ajratildi. Loyihalar amalga oshirilgandan so‘ng, 4400 ta mehmon o‘rni va 1600 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
Umumiy qiymati 133,6 mln. AQSh dollarini tashkil qiladigan, shundan 69,7 mln. AQSh dollari xorijiy invectisiya bo‘lishi kutilayotgan, 30 ta turli turistik loyihalar Ma'muriy kengashga ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilish uchun kiritilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirilgandan so‘ng, 5500 ta mehmon o‘rni va 2000 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bulardan tashqari umumiy qiymati umumiy qiymati 79,4 mln. AQSh dollari (shundan 47,1 mln. AQSh dollari xorijiy investisiya) bo‘lgan 15 ta loyihalar bo‘yicha hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.