Avstriya kompaniyalari vakillari Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurdi


  Qayd etish joizki, Avstriyaning bir qator kompaniyalari, jumladan Doppel Meyer kompaniyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, Bo‘stonliq tumanida bir nechta dor yo‘llari qurilishida ishtirok etgan va hozirda yangi loyihalarni yaratish rejalashtirilgan.


  O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati ortib borayotgani Avstriyalik hamkorlarda ham qiziqish uyg‘otmoqda. Shu munosabat bilan Avstriyadan kelgan delegatsiya “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar orasida Avstriyaning 10 ta kompaniyasi - zamonaviy chipta sotish tizimlari, dasturiy ta'minot va texnologiyalarni ishlab chiqish, injiniring va konsalting, kartotekalar va mavsumiy ko'ngilochar maskanlarni barpo etish, konkida uchish maydonchalari, attraksionlar ishlab chiqish, sun'iy qor tizimlarini qurish va tabiiy ofatlardan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchilar bor edi.

         Shunday qilib, tayyor va qurilayotgan turistik majmualarni boshqarayotgan kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv Bo‘stonliq tumani “G‘azalkent” MFY hududida joylashgan “Fayz-Amirsoy” restoranida biznes nonushta doirasida bo‘lib o‘tdi, unda Avstriya kompaniyalari vakillari tomonidan bir qator taqdimotlar o‘tkazildi, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida kelishuvlar va  ikki tomonlama tajriba almashildi.

 Shu bilan birga delegatsiya aʼzolari Chimyon hududida qurilayotgan bir qator obyektlarda bialn yaqindan tanishishdi.

Natijada O‘zbekiston va Avstriya kompaniyalari vakillari kelgusida hamkorlik qilish uchun sheriklik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishishdi.