Bo‘stonliqda "Chorvoq darvozasi" ochildi
Bo‘stonliq tumanida "Chorvoq darvozasi" dam olish hamda turar-joy majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashdi. Dastlab viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov so‘zga chiqib, mazkur tashabbus hudud turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, Prezidentimiz 2024 yil dekabr oyida Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida ushbu loyiha bilan ham tanishib, faol turizmni rivojlantirish, aholi va sayyohlarga qulaylik yaratish borasida zarur tavsiyalar bergan edi. O‘tgan vaqt davomida bu yerda bunyodkorlik ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi.
Mazkur majmua Xo‘jakent hududidagi Chirchiq daryosi bo‘yida, qariyb 24,5 gektar maydonda qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Buning uchun O‘zbekiston milliy banki tomonidan mablag‘lar ajratildi. Natijada 100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.