“Chorvoq” TRZ Direksiyasida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha masʼul idoralar bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi


“Charvak” turistik rekreatsion zonasi direksiyasi direktori Olim Murodullayevich Omonov Toshkent viloyati hokimligi va Bo‘stonliq tumanidagi idora tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘stonliq tumanida ekologik madaniyatni, gaz va suv taʼminotini, energetikani, telekommunikatsiya va boshqa xizmatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda “Chorvoq” TRZ hududining infratuzilmasini rivojlantirish va standartlarga muvofiqligi, xususan, to‘xtash joylari, qo‘shimcha burilish yo‘llari, tirbandlikning oldini olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.


Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari Direksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 2022-yil statistikasi bilan tanishtirildi va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Barcha ishtirokchilarni faol qo‘llab-quvvatlash va ushbu loyihalarda ishtirok etish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot uchun: 2020-2022-yillarda xususiy investitsiyalar hajmi 65 mln dollarni tashkil etib, bu davrda Amirsoy (yangi dor yo‘li) va Chinorkent dor yo‘li hamda 19 ta zamonaviy mehmonxona, 6 ta restoranlar qurildi. Hozirgi vaqtda Charvak TRZ hududida qiymati 165 mln dollardan ortiq 24 ta yirik sayyohlik loyihasi amalga oshirilmoqda.

“ToshkentboshplanLITI” DUK vakillari “Yusufxona” majmuasining bosh rejasini taqdim etdilar va hududning Bosh rejasi, qurilish, muhandislik-kommunikatsiyalari bilan bog‘liq bir qator masala va muammolarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Olim Murodullayevich Omonov umumiy vazifalarni qo‘ydi va davlat idoralarining barcha vakillari bilan kelishuvga erishib, uning natijalarini sarhisob qilib, keyingi haftalik tezkor ish va hamkorlik yig‘ilishlarida o‘tkaziladi.