Katta Chimyon choʼqqisi


Katta Chimyon choʼqqisi-Gʼarbiy Tyanshanning Chotqol tizmasidagi choʼqqi. Katta Chimyon togʼi Toshkent shahridan 80 km uzoq masofada joylashgan.


Katta Chimyon choʼqqisini shimoldan-Chotqol, sharqdan-Oqbuloq daryolari (Chotqolning chap irmogʼi), janub va gʼarbdan-Chimyonsoy vodiylari oʼrab turadi. Chimyon choʼqqisining balandligi 3309 metr. Аtrofdagi hududlardan tik koʼtarilgan. Аsosan, paleozoy davri ohaktoshlaridan tashkil topgan. Choʼqqining yonbagʼirlari koʼplab soylar bilan kesishgan. Ular orasida tik koʼtarilgan qoyalar, qurumlar, doimiy qor uyumlari uchraydi.