Xumson qishlogʼida joylashgan. Xalq orasida avliyo Sevar ota bu qabristonga dafn qilingan degan naqllar yuradi va bu eski qabristonlardan biri hisoblanadi.
Sevar ota ilgari Xumson qishlogʼi aholisini turli balolardan asragan va kasal odamlarga dam solib, oʼqib davolagan. Odamlar uni avliyo darajasiga koʼtargan ekanlar. Biroq, hozirgi kunda Xumson qishlogʼi aholisini dafn etuvchi qabristonlardan biri. Bu haqida boshqa maʼlumotlar mavjud emas. Xalq tomonidan muhofaza qilinib kelinadi.