Beldirsoy


Beldirsoy- Oqsoqota soyining oʼng irmogʼidir. U Katta Chimyon togʼining gʼarbiy yonbagʼridan boshlanadi.


Soyning uzunligi 23 km, havzasining maydoni 77 km2, oʼrtacha yillik suv sarfi 1 m3/sek. Beldirsoy qor va yomgʼir suvlaridan toʼyinadi, bahorda toʼlib oqadi, baʼzan sel kelgan paytda suvi toshadi. Beldirsoyning 24 ta mayda irmogʼi mavjud boʼlib, soyning havzasida togʼ-changʼi sporti oʼyinlari oʼtkaziladi. Bu yerda xalqaro talablarga javob beradigan maxsus inshootlar qurilgan.