Chinor ziyoratgohi


Chinor ziyoratgohi Xoʼjakent qishlogʼi roʼparasidagi togʼning boshlanish qismida yaʼni bugungi kundagi “Chinor” restorani hududida joylashgan. Qishloq qariyalarining taʼkidlashlaricha, bu yerda ilgari odamlar yashagan.


Xoʼjakent qishlogʼi aholisi va avliyo tomnidan bu Chinor daraxtlari ekilgan. Bugungi kunda Chinorlarning yoshi 850-900 yilni tashkil etadi. Rivoyatlarga qaraganda, qadimda bu yerda Qoʼrgʼon tepa shahristoni degan joy boʼlgan va odamlar yashagan. Keyinchalik tabiat xodisalari, koʼchki boʼlishi va sel oqibatida bu yerda yashagan aholi hozirgi Xoʼjakent qishlogʼiga koʼchib oʼtgan.