🌳 Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʼi hududidagi Аxsarsoy sharsharasi. Toshkent viloyatining eng goʼzal maskanlaridan biri. Bu joylar yilning toʼrt faslida ham oʼziga xos tabiat manzaralari bilan ajralib turadi.
🏔Аxsarsoy sharsharasi — Boʼstonliq tumanining shimoli-sharqiy qismida Toshkent shahridan 120 kilometr masofada, Chotqol togʼ tizmalarida joylashgan. Pskom daryosini chap qirgʼogʼida, dengiz sathidan oʼrtacha 900 metr balandlikdagi bu sharsharaning balandligi 5 metrni tashkil etadi. Uning atrofida dam olish uchun supalar oʼrnatilgan. Sharsharaga asosan bahor va yoz oylarida sayyohlar koʼp boradi. Biroq, qish faslida ham uning tabiati juda chiroyli. Piyoda yurish masofasi 15 kilometr.
Bo'stonliq tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali