“Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi hududida “UGAM RIVER” turistik majmuasining sotuv ofisi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi hududida joylashgan “UGAM RIVER” turistik majmuasi O‘zbekistondagi unikal loyiha bo‘lib, u yerda 18 ta blokda ko‘p qavatli binolar barpo etilmoqda.


Majmuada 830 ta bir, ikki va uch xonali apartamentlar, 100 o‘rinli bolalar bog‘chasi, 400 o‘rinli restoran, 100 o‘rinli fitnes va spa majmuasi, 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh va boshqa qulayliklarga ega turistik majmua quriladi.

Apartamentlar qurilish jarayonida bo‘lib, 40 dan ortiq apartamentlar “E-auksion” elektron savdo platformasiga sotuvga chiqarildi. (https://e-auksion.uz/lots?group=36&index=1&page=1&lt=0&at=0&order=0&q=&hashtag=&region=2&area=18)

Majmuadagi elektr toki yangi qurilayotgan GES orqali ta’minlanadi va isitish tizimi avtonom shaklda suyultirilgan gaz tizimida.

Sahifamizga obuna boʻling va bizni doʻstlaringizga tavsiya qiling.
@chorvoq_trz ✅