Yashil makon


“Yashil makon” milliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda belgilangan tartibda daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.


Bugun tuman O‘zXDP tomonidan “Yashil makon” respublika loyihasi doirasida 4P12 avtomobil yo‘lining 74-75-kilometrlaridagi “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” hududiga 4 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.